Jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tumani sudida tovlamachilik bilan bog`liq jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, yigit o`ziga avaldan tanish bo`lgan 21 yoshli qiz bilan ishqiy munosabatda bo`lgan. Ular 2023 yil to`yda tanishib qolgan. Bir-birini yoqtirib qolib, natijada gaplashishni boshlagan.
Biroq oradan vaqt o`tib, qiz yigit bilan orani ochiq qilish niyatida ekanligini bildirgan. Yigit qizning behayo rasmlarini tarqatish bilan qo`rqitib, undan pul talab qilgan.
"Iyul oyi boshida 2 mln so`m, keyin 4 mln so`m va 2 marta 1mln so`mdan berganman. Ishongandim",- deydi aldangan qiz.
Sudlanuvchi jabrlanuvchining ehtiyojlari uchun 20 mln so`m sarflaganini va u bu pullarni qaytarib olish uchun shu yo`lni tanlaganini qo`shimcha qildi. Sud taraflarni eshitib qaror chiqardi.
Sudlanuvchi JKning 165-moddasi 2-qismi "a" bandi, 141-3-moddasi 1-qismi bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan JKning 59-61-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan 5 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
"Iyul oyi boshida 2 mln so`m, keyin 4 mln so`m va 2 marta 1mln so`mdan berganman. Ishongandim",- deydi aldangan qiz.






