"Qatar Airways" Doha — Toshkent — Doha yo`nalishi bo`yicha parvozlarni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, birinchi parvoz 2024 yil 2 iyunga belgilangan. Yo`lovchi reyslari haftasiga to`rt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
“Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini ko`paytirish, bozorda sog`lom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz”, — deya ta`kidlaydi "Uzbekistan Airports".
"Qatar Airways" bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo`ylab 170 dan ortiq yo`nalishlarga parvoz qiladi.






