AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida katta yong`in chiqdi

'Toshkentdagi “Poytaxt” biznes-markazida katta yong`in chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes-markazida yong`in bo`layotgani aks etgan videolar tarqaldi. 

FVV matbuot xizmati sodir bo`lgan yong`in to`g`risida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 9 fevral kuni soat 11:40 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko`chasida joylashgan binoda qurilish materiallari yonayotgani to`g`risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga etib bordi va yong`in va soat 11:51 da o`chirildi.   

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar