Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumani sudida tovlamachilik bilan bog`liq jinoyat ishi ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz muxbiri xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 53 yoshli erkak tergov jarayonlarini shaxsini aniqlashning imkoni bo`lmagan bir guruh noma`lum shaxslar bilan o`zaro til biriktirib, jinoiy reja tuzishadi.
Rejaga ko`ra, sudlanuvchi Smolskiy Nikolay Alekseevich tomonidan bankka omonat jamg`arma sifatida qo`yilgan 503 ming AQSh dollaridan ortiq mablag`ni echib olish uchun soxta pasport tayyorlashi va bankdan olib chiqishi kerak edi.
Sudlanuvchi soxta pasport tayyorlab, 286 ming dollardan ko`pooq pullarni echib olish maqsadida Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan bankka kiradi. Ammo bank xodimi pasportning soxtaligini sezib qolgach, jinoiy reja amalga oshmay qoladi.
Sudlanuvchidan Smolskiyning hisobida katta miqdordagi pul borligini qaerdan bilgani, jinoiy guruhning boshqa a`zolarini nega sudga ochiqlamagani haqida so`ralganda, u:
"Smolskiyning hisobida qancha mablag` borligini va qanchasini echib olishim mumkinligini menga ular aytishgan. Men ularni ko`rmaganman. Ular meni qaerdan topishganini ham bilmayman. Biz faqat telefon orqali gaplashganmiz. Qilgan ishimdan pushaymonman. Oilaviy sharoitim yaxshi bo`lmaganligi uchun shu ishga qo`l urgandim", deya javob berdi.
Sud taraflarni eshitib qaror chiqardi.
Sudlanuvchi JKning 168-moddasi 4-qismi "a" bandi, 228-moddasi 2-qismi "b" bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan uzil-kesil 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
10.02.2024 10:35
53 yoshli erkak sudda uni jinoyatga undagan jinoiy guruh haqida ma`lumot berishdan bosh tortdi






