Toshkent shahar Yunusobod tumanida Mercedes-Benz avtomashinasi qarzdorlik sabab 1 milliard so`mga baholanib, auksionga chiqariladi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Keltirilishicha, Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo`limi ish yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy ishlar bo`yicha sudning ijro varaqasiga asosan, qarzdor “V.M.” korxonasidan undiruvchi “Agrobank” ATB Toshkent shahar filiali foydasiga 4 milliard 54 million 605 ming so`m miqdorida kredit qarzdorligini undirish va undiruvni qarzdor korxonaga tegishli bo`lgan Mercedes-Benz GLE450 rusumli avtotrasnport vositasiga qaratish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud.
Mazkur ijro hujjati davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida garovdagi mashina xatlanib, 1 milliard 24 million so`mga baholangan va onlayn-auksionga chiqarish choralari ko`rilmoqda.
Mashina qarzdorlik sabab 1 milliard so`mga baholandi






