AsosiyJamiyat

Nodirbek Abdusattorov yana bir turnirning saralash bosqichi g`olibi bo`ldi

'Nodirbek Abdusattorov yana bir turnirning saralash bosqichi g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turniri o`z yakuniga etdi.

Turnirda o`zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 8 ta tur yakuniga ko`ra, 5,5 ochko jamg`ardi va musobaqaning saralash bosqichi g`olibiga aylandi. 

U so`nggi turda Magnus Karlsenni mag`lubiyatga uchratdi.

Abdusattorov musobaqa davomida Alirizo Firuja, Magnus Karlsen, Gukesh va Ding Lirenni mag`lub etgan bo`lsa, Vinsens Keymer, Fabiano Karuana, Levon Aronyan bilan durang o`ynadi. 

Endi u asosiy bahslarni 1-o`rin sifatida boshlaydi. 

    Boshqa yangiliklar