AsosiyJamiyat

Samarqandda tumangaz ta`minoti rahbari pora bilan qo`lga tushdi

'Samarqandda tumangaz ta`minoti rahbari pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Samarqandda 1973 y.t., “Oqdaryo tuman gaz” gaz ta`minoti bo`limi boshlig`i N.M. mahalliy fuqaroning yashash xonadoniga elektron gaz hisoblagich o`rnatish va uni tarmoqqa ulab berish xizmati evaziga undan 4 mln so`m mablag`larni talab qilib, 2 mln so`m qismini “pora” sifatida olgan hamda qolgan 1 mln. so`mni olayotgan vaqtida qo`lga olindi. Bu haqda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi Darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Hozirda, N.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar