AsosiyJamiyat

Kimyoga oid 30 ta asarning 31 ta qo`lyozmasi

'Kimyoga oid 30 ta asarning 31 ta qo`lyozmasi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida kimyoga oid 30 ta asarning 31 ta qo`lyozmasi mavjud bo`lib, ularning 17 tasi turli davrlarda yozilgan kimyoga oid asarlarning anonim tarjimalari, qisqartma va ko`chirmalaridan iborat. Qolgan 13 ta asarni mazmunan shartli ravishda ikki turga, ya`ni “yashirin” yoki “germetik” hamda rasional kimyoga oid asarlarga ajratish mumkin.

Musulmon Sharqida kimyo VIII asrda shakllana boshlagan va uning yuksalish davri IX – X asrlarga to`g`ri keladi, shu vaqtda kimyoning rivoji ikki yo`ldan borgan. O`sha davr kimyogarlarining asosiy maqsadi oddiy metallardan sun`iy yo`l bilan oltin va kumush hosil qilish bo`lgani bois, ayrim mualliflar o`z asarlarining chin mazmun-mohiyatini kimyo san`atidan “bexabarlar”dan yashirish uchun turli belgi va timsollardan foydalanganlar.

    Boshqa yangiliklar