DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar hamkorligida energoresurslardan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Darakchi.uz’ga boshqarma axborot xizmati xabar berdi.
O`tkazilgan tadbir davomida 1973 yilda tug`ilgan R.X. rahbarligidagi Paxtachi tumani Qirguli mahallasida joylashgan “H.Q.S.” MChJga qarashli issiqxona ko`zdan kechirilganda tumanning “Qirguli”, “Hayitelbegi” va “Dehqonobod” MFYlari aholisi(jami 700 ta xonadon)ni tabiiy gaz bilan ta`minlovchi diametri 159 mm. bo`lgan o`rta bosimli tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan 25 mm.li polietilen quvur orqali noqonuniy ravishda ulanib, foydalanib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Hisob-kitoblar natijasiga ko`ra davlat byudjetiga 3 milliard 300 million so`m zarar etkazilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






