IQAir ma`lumotlariga ko`ra, bugun, 12 fevral tongida Toshkent shahri havoning ifloslanishi bo`yicha dunyoda 9-o`rinni egallagan.
O`zgidromet agentligi kuzatuv natijalariga ko`ra, Toshkent shahrida ayni vaqtda soat 9:00-10:00da havoning mayda chang zarralari (RM 2,5) bilan ifloslanishi quyidagicha bo`ldi.
- Chilonzor tumani Xalqlar do`stligi maydonida –84,7 mkg/m3;
- Yunusobod tumani «Bodomzor» yo`lida –54,2 mkg/m3.
Qayd etilishicha, ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko`rsatkichi bo`yicha havoning "zararli" darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.
O`zbekiston poytaxtining havodagi PM-2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 124.5 mkg/m3ni tashkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 24,9 marta ko`proq hisoblanadi. Ya`ni, havo darajasi "zararli" toifaga tushgan.






