AsosiyJamiyat

Ixcham issiqxonalar qurish uchun 100 mln so`mgacha garovsiz kredit beriladi

'Ixcham issiqxonalar qurish uchun 100 mln so`mgacha garovsiz kredit beriladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tayotgan qishloq xo`jaligi sohasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida davlat rahbari O`zbekistonda ixcham issiqxonalar qurish uchun 100 mln so`mgacha garovsiz kredit berilishini aytdi. 

Shavkat Mirziyoev raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifa va rejalarga bag`ishlangan yig`ilishda ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo`llab-quvvatladi.

Yig`ilishda issiqxonalarda mahsulot etishtirishni qo`llab-quvvalash bo`yicha qo`shimcha choralar belgilab olindi. Issiqxona xo`jaliklarini kreditlash mexanizmini qayta ko`rib chiqish topshirildi.

Prezident yoqilg`isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo`llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo`ydi.

Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so`mgacha garovsiz kredit beriladi.

    Boshqa yangiliklar