“TAFTISH.UZ” axborot agentligi muxbirining hayotiga suiqasd qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqida Bosh prokuratura xabar berdi.
Joriy yil 6 fevral kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida joylashgan kafeda axborot agentligining Buxorodagi muxbiri O`.T. tanishi A.A. bilan oldindan o`rtada nizo bo`lganligi bois, kelishmovchilik yuzaga kelgan. A.A. oshxona pichog`i bilan O`.T.ning qorin qismiga bir marotaba urib, tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1 - qismi (Qasddan odam o`ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 7 fevral kuni unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda jabrlanuvchi O`.T. shifoxonada davolanmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.






