Majburiy ijro byurosi Yakkabog` tuman bo`limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkabog` tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor E.Bo`rievdan, undiruvchi G.Xoliyorova foydasiga 3 nafar voyaga etmagan farzandlari ta`minoti uchun 1/2 qism miqdorida aliment undirish haqidagi ijro ish mavjud.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor va undiruvchining o`zaro kelishuviga asosan, qarzdor farzandlari 18 yoshga to`lguniga qadar bo`lgan aliment pullari hisobiga Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan xonadonlardan birini hadya qildi hamda mazkur xonadon undiruvchining nomiga rasmiylashtirib berildi.
Shu sabab ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.






