Uch nafar farzandning qidiruvdagi onasi Turkiyadan qaytdi. Bu haqida MIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqida Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining qarori chiqqan.
Unda qarzdor ona G.B.dan undiruvchi ota J.B. foydasiga uch nafar voyaga etmagan farzandini moddiy ta`minoti uchun qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
MIBning Jizzax shahar bo`limi tomonidan qarzdor Turkiya davlatiga qochib ketganligi sababli, Qonunning 42/1-moddasiga asosan MIB portal dasturi orqali qidiruv e`lon qilingan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, qidiruvdagi qarzdor G.B., Turkiya davlatdan qaytganligi aniqlanib, davlat ijrochisiga topshirildi va unga nisbatan yuritilgan qidiruv harakatlari tugatildi.
Hozirda qarzdor G.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasi bilan ma`muriy ish ko`rilmoqda.






