Bugun buyuk adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalluddiga 541 yil to`ldi. Zahiriddin Muhammad Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan. U mazkur sulolaning bunyodkorlik va ma`rifatparvarlik ishlarini olib borgani tarixdan yaxshi ma`lum.
Otasi, Amir Temurning pannevarasi Umarshayx Mirzo Fargona viloyati hokimi bulgan va onasi Qutlug Nigor xonim Toshkent xonlari avlodidan bo`lgan. 1494 yili Umarshayx Mirzo vafot etgach, 12 yoshli Zahiriddin taxtga o`tirib, Fargona hokimi bo`lgan. Ammo taxtga o`girgandan keyingi 11 yil davomida O`rta Osiyoda ro`y bergan turli siyosiy o`zgarishlar uni qarindoshlari va 250 tacha piyoda askarlari bilan avval Badaxshon, so`ng Kobulga ketishga majbur etgan.
Zahiriddin Bobur yoshligidanoq turli sayohatlarni yaxshi ko`rgani haqida ma`lumotlar bor. Bunday safarlarda chiniqqan, yosh bo`lishiga qaramay, o`lkamizning geografik qiyofasini tasavvur qila olgan. Olim 15-16 yasharligida Farg`ona, Samarqand va Toshkent oralig`ini bir necha marta kezib chiqqan. 19 yoshga to`lgan yili Hisor tarafidan toqqa ko`tarilib, Fondaryo va Iskandarko`l orqali Zarafshon vodiysiga o`tib, Samarqandga kelgan. U bu haqda shunday yozadi:
"Qamrud darasiga kirib, yuqori tomonga qarab ketdik. Tor va uchma yo`llarda, baland va tik dovonlarda ko`p ot va tuya qoldi. Uch-turt manzil qo`nib, Siratog` dovoniga etdik. Dovonmisan-dovon. Hech qachon bunday baland va uchma yo`llar bilan yurmagan edik. Ko`p tashvish va mashaqqatlar bilan xatarli tor va uchmalardan o`tib, yuz azobu zahmatlar bilan halokatli balandliklar, tor dovonlardan oshib, Fon tumaniga keldik. Fon tog`larining orasida bir katta ko`l bor, uning muhiti - sathi taxminan bir sha`riy keladi, ajab ko`ldir, g`aroyibotdan holi emas..."
Bobur Hindistonda yirik davlat tuzishga muvaffaq bo`lgan va poytaxt sifatida Jamna (Yamuna) daryosi bo`yidagi Agra shahrini tanlagan. U 1530 yil 26 dekabrda vafot etgan. Dastlab Agra shahridagi muvaqqat maqbaraga dafn etilgan, keyinchalik xoki Afgoniston poytaxti Kobulga ko`chirilgan va hozirda shoirning maqbarasi Kobuldagi Bog`i Boburda joylashgan.ib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo`lsa, serjilo o`zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Zahiriddin Muhammad Boburning murakkab taqdiri, uning noyob shaxsiyati, muallifning bu zotga bo`lgan mehr-muhabbati asarning bosh mavzusini tashkil etadi. Asarda shaxsiy xotiralar esse va hikoyaga, safar taassurotlari, hayotiy hangomalar badiiy-falsafiy mulohazalarga, bugungi kun voqealari tarixiy lavhalarga, tarixiy shaxslar badiiy obrazlarga uyg`un bo`lib, mazkur kitobning ham tarixiy, ham badiiy-falsafiy qimmatini oshiradi.






