AsosiyJamiyat

Farg`onada bloger yosh bolaning mashina haydaganini internetda tarqatdi

'Farg`onada bloger yosh bolaning mashina haydaganini internetda tarqatdi'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan, Quva tumanida Jamoat nazorati kanali faoliga bosim bo`lganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Holat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 13 fevral kuni Quva tumani Iftixor MFYda yashovchi fuqaro S.Y. o`ziga tegishli "Gentra" rusumli avtomashinani voyaga etmagan shaxsning boshqarishiga yo`l qo`yib bergan.

Mazkur holatni blogerlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi I.X tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.

Ushbu huqubuzarlik yuzasidan YXHB hodimlari tomonidan S.Y.ga nisbatan MJtKning135 moddasi 2-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Natijada,  S.Y.ning oila-a`zolari va I.X. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik kelib chiqqan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


 

 


 

 

    Boshqa yangiliklar