AsosiyJamiyat

Ota farzandi uchun aliment o`rniga mashina berdi

'Ota farzandi uchun aliment o`rniga mashina berdi'ning rasmi

Kattaqo`rg`onlik fuqaro alimentchi otalarga o`rnak bo`ldi. U jigarbandi uchun 334 mln.so`m pul va avtomashina sovg`a qildi. Bu haqida MIB matbuot xizmat xabar berdi.

Fuqarolik ishlari Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining 2023 yil 6 oktyabrdagi qarori asosan qarzdor O`.Q.dan undiruvchi M.Sh.ning foydasiga bir nafar farzandining ta`minoti uchun to`rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan.

 Sud qaroriga Byuroning Kattaqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor O`.Q.ga qarzdorlikni o`z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo`yicha tushuntirish berilgandan so`ng aliment to`lovlaridan bo`lgan qarzdorligini hamda farzandining voyaga etgunga qadar ya`ni 18 yoshgacha bo`lgan davri uchun to`lovlarni undiruvchi Sh.M.ga tilxat asosida 334 million so`m pul va "Neksiya-2" rusumli avtomashinasi sovg`a qildi.
 

    Boshqa yangiliklar