O`zbekistonning turli hududlaridagi mahallalarda har kuni soat 7:30 da mahalla raisi va xodimlar tomonidan davlat madhiyasi aytilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Yuqoridan kelgan bu topshiriq turli muhokamalarga sabab bo`ldi. Shundan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Quronboev tegishli ekani aytilayotgan audio tarqaldi.
Tarqalgan audioxabardan Quronboev o`z topshirig`i andijonliklar tomonidan mukammal bajarilganidan mamnunligini bilib olish mumkin.
Audioda berilgan topshiriqqa ko`ra, endi mahalla idorasida 7:00 da madhiya kuylanadi va shundan keyin, mahalla raisi maktabdagi o`quvchilar davomatini tekshirib, kelmagan o`quvchilarni o`rganish uchun joylardagi mas`ullarga toshiriq beradi. Ular borib, nima uchun bolasi maktabga kelmaganini joyida muhokama qiladi.
Hammaga topshiriqning hisoboti kechqurun soat 9 larda ZOOM orqali audio xabar egasining shaxsan etkazilishi aytiladi. Shu tahlit maktabdagi davomat masalasiga alohida e`tibor berilishi qayd etilgan.






