AsosiyJamiyat

Turkiyada o`zbekistonlik o`zi bilmagan holda qotilga yordam berib qo`ydi

'Turkiyada o`zbekistonlik o`zi bilmagan holda qotilga yordam berib qo`ydi'ning rasmi

Oilasini halol rizq bilan boqish uchun Turkiyaga kelgan O`zbekiston fuqarosi o`z vatandoshiga yaxshilik qilaman deb qamalib qoldi.Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Istanbul shahrining Maltepa qamoqxonasida “ashyoviy dalillarni yo`q qilish yoki o`zgartirish” aybi bilan 33 yoshli O`zbekiston fuqarosi D.A. saqlanmoqda.

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan u bilan tashkil qilingan suhbat davomida ma`lum bo`lishicha, 2023 yilning sentyabr oyi oxirlarida o`zbekistonliks25 yoshli M.A. undan uyidagi chiqindilarni olib chiqishda yordam so`ragan.

Bir nechta polietilen xaltalar va qoplar orasida katta gilam ham bo`lib, D.A. va M.A. uni chiqindixonaga olib borib tashlaganlar. Biroq, D.A. gilam noodatiy tarzda og`ir ekanligini payqab qolib, M.A.dan gilamning ichida nima borligini so`raganida M.A. gilam ichida turli chiqindilar bor deb javob bergan va darhol voqea joyidan qochib ketgan.

Keyinchalik ushbu gilam ichida Turkiya fuqarosining jasadi bo`lganligi aniqlanib, har ikkala vatandoshlar polisiya tomonidan qo`lga olinganlar.

Hozirda M.A. “qasddan odam o`ldirish”, D.A. esa “ashyoviy dalillarni yo`q qilish yoki o`zgartirish” aybi bilan tergovga jalb etilgan.

Hozirda fuqaro D.A.ga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatilmoqda. Fuqaro M.A. esa konsullik-huquqiy yordamdan voz kechib, Bosh konsulxona xodimlari bilan uchrashishdan bosh tortmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar