AsosiyJamiyat

Mirishkorlik qidiruvdagi ota Toshkentdagi bozordan topildi

'Mirishkorlik qidiruvdagi ota Toshkentdagi bozordan topildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Mirishkor tuman bo`limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo`yicha Qarshi tumanlararo sudining sud buyrug`iga asosan qarzdor A.Qilichevdan M.Norto`xtaeva foydasiga 2 nafar farzandi uchun aliment undirish yuzasidan ijro hujjati mavjud.  

Byuroning Darakchi.uz'ga ma`lum qilinishicha, bo`lim davlat ijrochisining yozma va og`zaki ogohlantirishlariga qaramasdan, A.Qilichev o`z farzandlari uchun oyma-oy to`lashi lozim bo`lgan aliment pullarini o`z vaqtida to`lamasdan kelganligi oqibatida qarzdorlik 27 mln so`mga etgan.

So`ngi 2 oy mobaynida davlat ijrochisi ijro hujjatida ko`rsatilgan manzilga bir necha marotaba borishiga qaramasdan, qarzdor ushbu manzilda bo`lmaganligi va topish imkoni bo`lmaganligi sababli, A.Qilichevga nisbatan qidiruv e`lon qilingan.

Byuroning viloyat boshqarmasi Qidiruv sho``basi tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu fuqaro Toshkent shahri, Bektemir tumani “Qo`yliq” dehqon bozori hududidan topildi.

    Boshqa yangiliklar