Bugun, 16 fevral kuni Toshkentdan Farg`onaga borish va qaytish bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
HY81 qatnovi, Toshkent-Farg`ona yo`nalishida:
Toshkentdan jo`nab ketish soat 18:00da;
Farg`ona shahriga etib kelish soat 18:50da.
HY82 qatnovi, Farg`ona-Toshkent yo`nalishida:
Farg`ona shahridan jo`nab ketish soat 20:00da;
Toshkentga etib kelish 20:50 da bo`ladi.
Aviachiptalarni rasmiy www.uzairways.com sayti, ilova orqali, shuningdek Uzbekistan Airways Sales yoki aviakompaniya agentlaridan 3% chegirma bilan xarid qilish mumkin.






