AsosiyJamiyat

Koreya Respublikasida nolegal ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlanlantirildi

'Koreya Respublikasida nolegal ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlanlantirildi'ning rasmi

Koreya Respublikasida noqonuniy (nolegal) bo`lib turgan o`zbekistonliklar 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigrasiya xizmatiga borib, ketish to`g`risida ixtiyoriy ariza to`ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.

Immigrasiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkun.

Immigrasiya xizmati ma`lum qilishicha, noqonuniy bo`lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib o`z xohishi bilan chiqib ketsa, deportasiya qilinmaydi va kelgusida Koreya Respublikasiga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo`ladi.

️Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi yurtdoshlarimizni Koreya Respublikasi migrasiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o`tmaslikka chaqiradi.

 

    Boshqa yangiliklar