AsosiyJamiyat

O`zbekiston mobil internet tezligi bir yilda 32 pog`onaga yuqoriladi

'O`zbekiston mobil internet tezligi bir yilda 32 pog`onaga yuqoriladi'ning rasmi

Yanvar oyida O`zbekiston mobil internet tezligi bo`yicha dunyoning 144 mamlakati ichida 91-o`rinni egalladi.

2023 yilning dekabr oyi bilan solishtirganda O`zbekiston internet tezligi reytingida to`rt pog`ona ko`tarilgan. Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o`rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25 Mbit/s ni tashkil qilgan. Simli internet tezligi esa o`rtacha 59,07 Mbit/s ni tashkil etgan va bu borada reytingda bir pog`ona yuqorilab, 89-o`rinni egallagan.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog`iston yanvar oyida mobil internet tezligi bo`yicha birinchi o`rinni egalladi (umumiy reytingda 69-o`rin). Qirg`iziston uchinchi (94-o`rin), Tojikiston to`rtinchi (140-o`rin) bo`ldi. Turkmaniston bo`yicha ma`lumot yo`q. 

    Boshqa yangiliklar