AsosiyJamiyat

Elektromontyor shamol sababli simyog`och bilan birga erga qulagan

'Elektromontyor shamol sababli simyog`och bilan birga erga qulagan'ning rasmi

Joriy yilning 16 fevral kuni soat taxminan 18:00 atrofida Samarqand viloyati Paxtachi tumani Elektr tarmoqlari korxonasida elektromontyor bo`lib ishlovchi 1981 yilda tug`ilgan fuqaro B.S. Paxtachi tumani "Tadbirkor" MFY hududida yog`och simyog`ochga chiqib, elektr energiyasida vujudga kelgan nosozlikni bartaraf etayotgan paytda shamol sababli B.S. yog`och simyog`och bilan birga erga yiqilib vafot etgan.

Ushbu kunning o`zida tuman elektr ta`minoti tomonidan xodimlar bilan o`tkazilgan xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo`yicha yuritilgan kitoblar tegishli tartibda olingan.

Bugun, 17 fevral kuni marhum B.S.ning murdasi sud-tibbiy ekspertizasidan o`tkazilgan. Hozirgi kunda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar