Toshkent shahar Olmazor tumanida Lacetti va Cobalt to`qnashuvi sodir bo`ldi. Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, 17 fevral kuni soat 16:00 larda Olmazor tumani Ahmad Donish ko`chasida 1985 yilda tug`ilgan M.X. boshqaruvida bo`lgan Lacetti hamda 1986 yilda tug`ilgan O`.P. boshqaruvida bo`lgan Cobalt ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH oqibatida Lacetti hamda Cobalt haydovchisi va yana 1 nafar yo`lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






