AsosiyJamiyat

Tashkent Index “stoyankasi”dagi 50 metrlik qatorning tom qismi mashinalar ustiga qulab tushdi

'Tashkent Index “stoyankasi”dagi 50 metrlik qatorning tom qismi mashinalar ustiga qulab tushdi'ning rasmi

Tashkent Index bozorida avtoturargohlarning tom qismi mashinalar ustiga qulab tushdi. Bu haqda bozor ma`muriyati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 16 fevral kuni ob-havoning keskin yomonlashuvi va kuchli qor yog`ishi oqibatida Tashkent Index ko`p tarmoqli savdo-sotiq bozori hududidagi savdo maydonlarining bir qismida, bitta pudratchi tomonidan qurilgan engil konstruksiya (soyabon)ning 50 metrlik qatori qor og`irligidan qulab tushgan.

Ushbu soyabon ostida 35 avtotransport vositasi turgan bo`lib, ulardan 6 tasining kapot, tom, yoki bamper qismlariga shikast etgan.

“Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, etkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko`rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar