Buxoroda 18 fevral kuni soat 06:00 dan boshlab viloyatdagi barcha avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda hokimligi xabar bermoqda.
"Yurtimizda shu kunlarda sovuq havo oqimi hukm surmoqda. Shuningdek, joylarda kuchli yomg`ir va shamol kuzatilmoqda. Buning natijasida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelib, gaz haydash agregatlari faoliyatida uzilishlar ro`y bermoqda.
Gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida ertaga, 18 fevral kuni soat 06.00dan boshlab viloyatdagi barcha avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtincha to`xtatiladi.
AGTKShlar faoliyatidagi o`zgarishlar kuzatilsa, qo`shimcha ma`lumotlar beriladi" deyiladi xabarda
17.02.2024 23:10
Buxoroda 18 fevral kuni soat 06:00 dan boshlab viloyatdagi barcha avtomobillarga gaz to`ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtincha to`xtatiladi






