AsosiyJamiyat

Uch viloyatning ayrim hududlari elektrsiz qoldi

'Uch viloyatning ayrim hududlari elektrsiz qoldi'ning rasmi

Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol natijasida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Buning natijasida:
 

  • Samarqand viloyatining Samarqand, Pasdarg`om, Bulung`ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari iste`molchilari qisman (35 000 ta),
  • Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari iste`molchilari qisman (15 000 ta);
  • Jizzax viloyatining Baxmal tumani iste`molchilari qisman (700 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste`molchilarning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz.

    Boshqa yangiliklar