O`zbekistondagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyapti. Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin zapravkalarga avtobenzin mahsulotlarini qo`shimcha miqdorlarda etkazib berilishi ta`minlanadi.
Vazirlik iste`molchilardan etkazilgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so`radi. Gaz zapravkalar faoliyatida o`zgarishlar kuzatilsa, qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.