O`zbekistonlik islomshunos, ”Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad ozodlikka chiqdi. Istanbuldagi konsulxona xabar berdi.
“21 fevral kuni vatandoshimiz deportasiya markazidan oilasi bag`riga qaytgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o`tamiz, 2023 yilning 28 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi fuqarosi 1974 y.t. Tursunov Alisher Axmadovich ( Mubashshir Ahmad ) Turkiya polisiyasi tomonidan o`zi yashab turgan uyidan olib ketilganligini va Istanbul viloyati Chatalja tumanida joylashgan Binkilich deportasiya markaziga joylashtirilganligini xabar qilingandi.






