AsosiyJamiyat

Yashirin "moy juvoz" fosh etildi

'Yashirin "moy juvoz" fosh etildi'ning rasmi

Noqonuniy yog` ishlab chiqargan fuqaro 89 mln. so`m jarima to`lashiga to`g`ri keldi. Bu haqida Jinoyat ishlari bo`yicha Kitob tuman sudining hukmi chiqqan. 

Unga ko`ra, fuqaro B.Jamilov o`z yashash uyining yordamchi xo`jalik binosida yashirin ravishda qo`lbola usulda tayyorlangan zig`ir doni va chigit xom-ashyosini qayta ishlaydigan sex tashkil qilib, chigit xom-ashyosidan yog` hamda kunjara mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan noqonuniy ravishda shug`ullanib kelgan.

Shu sababli, fuqaro Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) 2-qismi bilan aybli deb topilgan hamda unga nisbatan 89 mln. 430 ming so`m jarima jazosi tayinlangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kitob tumani bo`limi ish yurituviga joriy yilning 8 fevral kuni kuni kelib tushgan. Qarzdor B.Jamilov bu haqida ogohlantirilgan hamda qarzdorlikni ixtiyoriy bartaraf etishligi uchun 15 kunlik muddat belgilangan.  

B.Jamilov o`z majburiyatini to`g`ri anglagan holda, barcha qarzdorlikni ixtiyoriy muddat ichida bartaraf etgan.

    Boshqa yangiliklar