AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yog`ingarchilik bo`ladi

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yog`ingarchilik bo`ladi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushishi mumkin. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar