Qo`rg`ontepa tumanlararo sudining 2019 yil avgust oyidagi sud buyrug`iga asosan A.N.dan ikki nafar farzandlarining moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi hujjat ijroga yo`naltirilgan. MIBning Qo`rg`ontepa tuman bo`limi hujjat ijrosini muddatidan oldin tugatgan.
Sababi, tumanda yashovchi A.N. sobiq turmush o`rtog`i bilan o`zaro kelishib, farzandlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda aliment to`lovlari evaziga uy-joy beradigan bo`lgan.
Shundan so`ng, Byuroning tuman bo`limi davlat ijrochilari tomonidan aliment to`lovlarini oldindan to`lash tartibi tushuntirilib, tumanning “Ibn Sino” mahallasida joylashgan uyning hujjatlari notarial tartibda rasmiylashtirilib berilgan.






