AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida qor yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

Poytaxtda ertalab qor yog`adi, tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda ba`zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar