Bugun, 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KXAY ko`chasi 16-uy qarshisida, harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug`ilgan M.O. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtomashinaning motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, yong`in Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o`chirilgan.
Yong`in natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
“Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o`z vaqtida ko`rikdan o`tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so`rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.






