AsosiyJamiyat

"Ayollar daftar"ga kirish uchun eridan yolg`ondan ajrashayotgan xotinlar reyd qilinadi

'"Ayollar daftar"ga kirish uchun eridan yolg`ondan ajrashayotgan xotinlar reyd qilinadi'ning rasmi

Muhokamalar portaliga "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida" qaror loyihasi e`lon qilindi.

Ma`lum qilinishicha, 2020 yildan boshlab yo`lga qo`yilgan "Ayollar daftari" tizimi orqali qariyb 2,5 milliondan ortiq xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko`mak berish uchun 5,1 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltirilgan.

Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash borasida ijtimoiy yordamni manzilli ko`rsatish, chinakam ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarni aniqlashda qator kamchiliklar vujudga kelgan. Jumladan, mas`ul tashkilotlarni chalg`itish orqali turmush o`rtog`i bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarga ijtimoiy yordam olib kelayotganligi natijasida uy-joyga ega bo`lish, kasb-hunarli bo`lish, iqtisodiy ahvolini yaxshilashga ehtiyojmand xotin-qizlarning ovoragarchiligi va sarsongarchiligiga sabab bo`lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda Prezidentning “Oila va xotin-qizlar qo`mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni hamda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga  o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, "Ayollar daftari"ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tartibi to`g`risida nizomning tegishli bandiga xatlov davomida komissiya tomonidan ijtimoiy yordam olish uchun nikohi bekor bo`lgan ayolning umumiy ro`zg`or asosida er-xotin bo`lib yashayotganligi aniqlansa, mas`ul tashkilotlarni chalg`itish deb hisoblanib, "Ayollar daftari"ga kiritish rad etish belgilanmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar