AsosiyJamiyat

Ingliz tilini biladigan hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga chaqirilmoqda

'Ingliz tilini biladigan hamshiralar Buyuk Britaniyaga ishga chaqirilmoqda'ning rasmi

Buyuk Britaniyaga ingliz tilini biladigan hamshiralar ishga taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar qildi

Nomzodlar uchun talablar:

- Tibbiyot texnikumi (yoki Oliy hamshiralik ishi) talabasi yoki bitiruvchisi;

- IELTS 7 yoki OET 3,5 darajadagi sertifikat;

- sudlanmagan.

Loyiha afzalliklari:

- ish haqi 3000 $ dan boshlanadi;

- oilani olib ketish imkoniyati;

- loyiha Buyuk Britaniyada akkreditasiyadan o`tkazilgan;

- mehnat sharoitlari (nafaqa, sug`urta, ta`til, bepul tibbiy xizmat) Buyuk britaniyalik hamshiralar bilan bir xil.

Qo`shimcha imkoniyatlar:

Samarqand shahrida joylashgan MEDECON universitetida ingliz tilini bilmaydigan hamshiralarga OET, CBT va OSCE maxsus kurslari tashkil etilgan;

OET imtihonidan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlarga imtihon, viza, sug`urta, aviachipta va Buyuk Britaniyada yashash joy (dastlabki 2 oy uchun) xarajatlari qoplab beriladi.

Ro`yxatdan o`tish

Ingliz tili kursi va OET haqida

Murojaat uchun:

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi: 71 202-33-55, 71, 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

 

    Boshqa yangiliklar