So`nggi paytda yurtimizda tezkor rivojlanishning muhim yo`nalishlariga hamda chet el standartlariga mos keladigan ta`lim tizimini yo`lga qo`yish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.
Avvalambor, ta`lim sifatiga talab ortishi natijasida sohada oliy ma`lumotlilarning soni 1,5 barobarga o`sdi.
O`zbekiston tarixida ilk bor, maktablarda PISA xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etdi.
PISA-2022 (xalqaro baholash testlari) dasturi bo`yicha 191 ta maktabda 15 yoshli o`quvchilar orasidan 6 969 nafarida test sinovlari hamda so`rovnomalar o`tkazildi.
2023 yilning dekabr oyida PISA xalqaro baholash tadqiqotlari natijalari e`lon qilinib, O`zbekistonning matematik savodxonlik yo`nalishida o`rtacha ko`rsatkichi 364 ball (72 o`rin), o`qish savodxonligi yo`nalishida 336 ball (80-o`rin), tabiiy-ilmiy savodxonlik yo`nalishi bo`yicha esa 355 ballni (80-o`rin) tashkil etdi.
Nufuzli xalqaro olimpiadalarda 6 ta medal (4 ta kumush, 2 ta bronza); Mintaqaviy olimpiadalarda 39 ta medal (3 ta oltin, 13 ta kumush, 23 ta bronza) qo`lga kiritildi. Ushbu o`quvchilar va ularning ustozlariga jami 1,3 mlrd. so`m pul mukofotlari berildi.
Shu bilan birgalikda, O`zbekiston Respublikasi tomonidan eng nufuzli Xalqaro kimyo va Xalqaro informatika olimpiadalariga 2026 yilda mezbonlik qilish qo`lga kiritildi.
“TIMSS 2023” xalqaro baholash dasturi doirasida matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro tadqiqotda 166 ta maktablarning 8 800 nafar to`rtinchi va sakkizinchi sinf o`quvchilari, 4 400 nafar ota-onalar, 1 035 nafar o`qituvchilar va maktab direktorlari ishtiroki ta`minlandi.
“TALIS 2024” ta`lim berish va o`qitish sifatini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqotlar doirasida 30 ta maktablarda 600 nafarga yaqin o`qituvchilar o`rtasida xalqaro so`rovnomaning tajriba-sinovlari o`tkazildi.
Buyuk Britaniyadagi “Cambridge Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda 28 nafar maktab o`qituvchilari hamda liderlari uchun tashkil etilgan PDQdasturi bo`yicha kurs o`tkazilib, bir necha pedagog “Cambridge Assessment” tashkilotining (PDQ) xalqaro sertifikatiga ega bo`lishdi.
“Zo`r! (Klass!)” gumanitar loyihasi doirasida 153 nafar o`qituvchi (104 nafar rus tili o`qituvchisi, 35 nafar aniq va tabiiy fan o`qituvchisi, 14 nafar metodist) jalb qilindi.
Shuningdek, 21 nafar rossiyalik mutaxassis 14 ta malaka oshirish hududiy markaziga jalb etilib, 300 nafardan ortiq umumta`lim maktablarining rus tili fani o`qituvchilari uchun treninglar tashkil etildi.
Hayot davomida o`qish tamoyili asosida 309 ming nafar maktabgacha va maktab ta`limi xodimlarining malakasi oshirildi.
Koreya Respublikasi elchixonasi bilan hamkorlikda maktabgacha va maktab ta`limi tizimidagi 57 nafar koreys tili fani o`qituvchilari qayta tayyorlov kurslarida o`qitildi.
Milliy o`quv dasturi Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida uch bosqichda tajriba-sinovdan o`tkazilib barcha umumiy o`rta ta`lim maktablariga joriy qilindi.
2021/2022 o`quv yilida umumta`lim maktablarini tamomlagan 385 437 nafar bitiruvchilarning 85 869 nafari (22,3%) oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilindi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari uchun yangi metodik xizmat ko`rsatish tizimi yaratildi va “Metodik kun” va “Fan oyliklari” bekor qilindi.
473 854 nafar o`qituvchining 7 ta kompetensiya bo`yicha malakasi oshirilib kasbiy salohiyati 53,4% dan 85%ga ko`tarildi, 8 ta kompetentlik asosida 7 228 nafar maktab direktori malakasi oshirilib, ularning bilim ko`nikmalari 44,3% dan 88,4% ga oshdi.
Ilk bor 755 nafar maktab o`qituvchilari nodavlat ta`lim tashkilotlarida malaka oshirdilar.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – malaka oshirish kurslari uchun 33 ta fan yo`nalishlarining kontenti, jumladan, 1 120 ta ma`ruza, 1 120 ta taqdimot, 1 120 ta videodars, 7 840 ta qo`shimcha adabiyotlar, 7 308 ta test topshiriqlar yaratildi va elektron platformaga joylashtirildi.
28.02.2024 19:09
O`zbekiston tarixida ilk bor, maktablarda PISA xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etdi
