1

Qoraqalpog`istondagi 7 ta "zapravka"da past oktanli benzinni "92" deb sotib kelgan

Jinoyat 28.02.2024, 21:53
Qoraqalpog`istondagi 7 ta "zapravka"da past oktanli benzinni "92" deb sotib kelgan

Raqobat qo`mitasi "O`zenergoinspeksiya"ning Qoraqalpog`iston boshqarmasi bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida joylarda yoqilg`i mahsulotlarining sifatini o`rganish bo`yicha nazorat tadbirini o`tkazdi.

O`rganishlarda Qoraqalpog`iston Respublikasida ish yurituvchi «Rafs» SIChK, «Ruxshona Hamid» MChJ, «Suvinshoatgazqurilish» XK, «Imkon-hamkor» XK, «Ruslan» FX, «To`rtko`lli bunyod oyl» MChJ hamda «Gulnora gaz servis» MChJlarga qarashli AYoQShlarda qator qonunbuzarliklar aniqlangan.

Ushbu yonilg`i quyish shoxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etilganida ularning sifatsizligi ma`lum bo`lgan.

"Laboratoriya xulosasida yonilg`i quyish shoxobchalaridan namuna olingan AI-92 benzinning tarkibidagi oktanning normativ hujjat talabiga ko`ra 92,0 bo`lishi kerakligi, lekin tekshirish natijasida ushbu ko`rsatkich shoxobchalardan olingan namuna yoqilg`i mahsulotlarida  90 ga ham etmaganligi, O‘zDst 3031:2015 1-1-bandi talabiga javob bermasligi haqida xulosa qilingan" – deyiladi xabarda.

Qo`mita 2023 yil AI-92 markali sifatsiz jami 26 ming litrdan ziyod avtobenzin sotilganligi, buning natijasida iste`molchilarga jami 277 mln so`m zarar etkazilganligini ma`lum qildi.

O`tkazilgan tekshirish natijalari bo`yicha holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo`zg`atilib, qaror, ko`rsatmalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1