“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Qor ko`chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






