Soat 11:50 holatiga ko`ra, havodagi mayda chang zarralari PM 2.5 konsentrasiyasi 165,5 mkg/m3 ni tashkil etadi, bu JSST tomonidan tavsiya etilgan havo sifatining o`rtacha darajasidan 33,1 baravar yuqori. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.
Bunday havo sifati juda zararli deb baholanadi. Aholiga ko`chaga chiqayotganda tibbiy niqob taqish tavsiya etiladi.
O`zgidromet ma`lumotlariga ko`ra, soat 09:00-10:00 da Toshkent shahrida havoning ifloslanish darajasi ko`chada 86 mkg/m3 ni tashkil qilgan. Yunusobod tumani Bodomzor yo`li, Chilonzor tumani Xalqlar do`stligi maydonida 68 mkg/m3.