AsosiyJamiyat

O`zbekistonda maxsus IT universitet tashkil etilishi mumkin

'O`zbekistonda maxsus IT universitet tashkil etilishi mumkin'ning rasmi

Raqamli texnologiyalar vazirligida “Korea Softvare Industry” assosiasiyasi raisi Chong Ok-Rae boshchiligidagi Koreya Respublikasining IT kompaniyalar vakillaridan iborat delegasiyasi bilan IT ta`limni rivojlantirish sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish hamda IT kompaniyalar bilan hamkorlik yo`lga qo`yish masalalariga bag`ishlangan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda O`zbekistonda maxsus IT universitet tashkil etib, talabalarga amaliyotga asoslangan sifatli ta`lim berish orqali yoshlarni Koreyaning IT bozorida yuqori talabga ega bo`lgan kasblarga o`qitish, Koreya kompaniyalarida amaliyot o`tash imkoniyatini taqdim etish hamda Koreya va boshqa mamlakatlarga IT xizmatlarni eksport qilishni yo`lga qo`yish takliflari bildirildi.  

Shuningdek, O`zbekistonda IT ta`limni rivojlantirish va IT xizmatlar eksportini oshirish maqsadida hukumat tomonidan IT kompaniya va IT ta`lim markazlari uchun yaratilgan sharoitlar, soliq imtiyozlari va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida taqdimot o`tkazildi.

Ma`lumot o`rnida, “Korea Softvare Industry” assosiasiyasi 1988 yil Koreya Respublikasining dasturiy ta`minot sanoati mustahkam o`sishi va rivojlanishini qo`llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan bo`lib, hozirda assosiasiyaga Koreya Respublikasida 1200 ta IT va dasturiy ta`minot kompaniyalari a`zo.

    Boshqa yangiliklar