AsosiyJamiyat

To`rtko`lda advokat sudyaga pora berayotganida qo`lga olindi

'To`rtko`lda advokat sudyaga pora berayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

To`rtko`l tuman sudi ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan ayblanayotgan K.O.ga engillik qilib berish evaziga advokat Z. Ya.  tomonidan  sudyaga 10.000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati bo`yicha ma`lumotlar rasmiylashtirildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan joriy yilning 29 fevral kuni o`tkazilgan tadbirda advokat Z. Ya. sudyaga pora berayotganda qo`lga olindi.

Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


 

 


 

 

    Boshqa yangiliklar