Buxoro viloyatida Ai-80 markali benzin yonilg`isini “qo`lda” qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko`ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlandi. 14 nafar fuqaro yashash xonadonlarida Ai-80 markali benzin yonilg`isini chakana sotish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yonilg`isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko`rilmoqda.






