AsosiyJamiyat

Surxondaryoda YPX xodimi piyodani urib yubordi

'Surxondaryoda YPX xodimi piyodani urib yubordi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yo`l-patrul xizmati xodimi piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat ichki ishlar bo`limi JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa 28 fevral kuni soat 19:05 larda Denov tumani “Istiqbol” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-108V avtomobil yo`lining 9-kilometrida sodir bo`lgan.

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo`linmalari saf bo`linmalari yo`l-patrul xizmati bataloni mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi haydovchi-operatori safdor Azizjon Qurbonaliev boshqaruvida bo`lgan Cobalt avtomobili yo`lning belgilanmagan joyidan — o`ng tomonidan chap tomoniga kesib o`tayotgan voyaga etmagan 2006 yilda tug`ilgan, 11-sinf o`quvchisi E.J.ni turtib yuborgan.

Natijada piyoda bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Denov tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda uning sog`lig`i yaxshi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar