AsosiyJamiyat

Toshkentda uchta mashina ishtrokidagi ayanchli YTHda bir kishi vafot etdi

'Toshkentda uchta mashina ishtrokidagi ayanchli YTHda bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Olmazor tumanida inson o`limi bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. IIB YHXB hodisa bo`yicha ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, kecha, 4 mart kuni soat 21:00 larda Olmazor  tumani Jarariq ko`chasi 11-uy qarshisida  (voyaga etmagan) haydovchi 2008 yilda tug`ilgan Q.S. boshqaruvida bo`lgan  Spark rusumli avtomashinasi,  1984 yilda tug`ilgan R.R. boshqaruvida bo`lgan Nexia 2 rusumli avtomashinasi hamda 2000 yilda tug`ilgan R.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida Nexia rusumli avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari  natijasida shifoxonada vafot etgan. Shuningdek Spark rusumli avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar 2009 yilda tug`ilgan yo`lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar