AsosiyJamiyat

"Otangni kasriga senlar eysan kaltakni" (video)

'"Otangni kasriga senlar eysan kaltakni" (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarida erini alami olish uchun farzandini kaltaklayotgan ayolning videosi tarqaldi.

Farg`ona viloyati IIBning ma`lum qilishicha, holat 2024 yil 5 mart, bugun sodir bo`lgan. Quvasoy shaharida yashovchi M.T."102" markaziga murojaat qilib, akasi A.T.ning shar`iy nikoh asosida yashovchi turmush o`rtog`i M.A. farzandlarini urib, ularga ruhiy tazyiq o`tkazib, haqorat qilganligini bildirgan.  

Ma`lum bo`lishicha, M.A. shu kuni turmush o`rtog`i bilan ijtimoiy tarmoq orqali urishib qolib, jahl ustida videotasvirdagi harakatlarni sodir qilib, ushbu tasvirlarni turmush o`rtog`i A.T.ga tashlab bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi  

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar