AsosiyJamiyat

Farg`onadagi “Yoshlar ko`li”ga saqlab qolindi

'Farg`onadagi “Yoshlar ko`li”ga saqlab qolindi'ning rasmi

Farg`ona shahri markazidagi 2 gektarlik ko`l hokim Xayrullo Bozorovning qarori bilan 24 kunlik firmaga berib yuborilgani keng jamoatchilik muhokamalariga sabab bo`ldi.

Davaktiv agentligining rasmiy munosabati ko`ra, Farg`ona viloyati hokimining 2024 yil 29 yanvardagi tegishli qaroriga asosan Farg`ona shahar, “Oybek” MFY hududida joylashgan sobiq “Yoshlar ko`li” bino-inshootlari “Unays building” MChJga investisiyaviy va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanish huquqi bilan berilganligi, ya`ni sotilmagan.

Mazkur masalaga aniqlik kiritish bo`yicha o`rganishlarda ushbu ob`ekt Sport vazirligi tomonidan samarali foydalanish uchun Farg`ona shahar hokimligi balansiga viloyat hokimining 2022 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan o`tkazib berilganligi, biroq hokimlik tomonidan ob`ektga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.

Aytilishicha, ushbu holatda, “Davlat mulkini boshqarish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan tartib talablari bajarilmagan.

Xususan, Qonun talablariga ko`ra, davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini, idoraviy mansubligidan qat`i nazar, operativ boshqaruv huquqi asosida bir davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasidan boshqa davlat muassasasi yoki davlat unitar korxonasiga o`tkazish to`g`risida qaror Davaktiv agentligi tomonidan tegishli davlat organlari bilan kelishuvga ko`ra qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko`ra, amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartiblar buzilganligi munosabati bilan Davaktiv agentligi tomonidan Sport vazirligiga ob`ektni Sport maktabi balansiga qaytarib olish, hokimni “Unays building” MChJga foydalanishga berish to`g`risidagi qarorni bekor qilish bo`yicha joriy yil 6 mart kuni tegishli ko`rsatmalar yuborilgan. 

 

    Boshqa yangiliklar