AsosiyJamiyat

Ov mavsumi yakunlandi

'Ov mavsumi yakunlandi'ning rasmi

O`zbekistonda 28 fevraldan ov qilish muddati yakunlandi. Taqiq 15-avgustgacha davom etadi. Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ov mavsumida noqonuniy ov bilan bog`liq bo`lgan 1000 dan ortiq holat aniqlangan va huquqbuzarlarga nisbatan qariyb 3 milliard so`mga yaqin jarima va zararlar qo`llanilgan. Shuningdek, ulardan 837 ta hayvon va parranda, 2836 kg baliq, 160 dan ortiq noqonuniy ov qurollari olib qo`yilgan.

Vazirlik fuqarolardan cheklov vaqtida tabiatni muhofaza qilish qonunchilik talabalariga rioya etish, shu bilan birga, qush ovi bo`yicha berilgan ruxsatnomalarni ov muddati yakunlanganidan so`ng 10 kun muddatda O`zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning bo`linmalariga qonunda belgilangan tartibda topshirishlarini so`ramoqda.

Noqonuniy ov uchun qa`tiy javobgarlik belgilanganligini unutmaslik talab qilinmoqda.  

    Boshqa yangiliklar