1

Kattaqo`rg`onda rahbarda 500 mln so`m imtiyozli kreditni "eb" qo`ydi

Jinoyat 06.03.2024, 23:09
Kattaqo`rg`onda rahbarda 500 mln so`m imtiyozli kreditni "eb" qo`ydi

Kattaqo`rg`on shaharida 500 mln so`m imtiyozli kreditni o`zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi.

Departamentning Kattaqo`rg`on shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda  “A.Z.” MChJ raxbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini ta`minlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln so`m imtiyozli kredit mablag`lari evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1